Batafsil ko'rish

Magʻlubiyatga munosib emasdik...

Time: 2024-03-16 01:17:29

“Metallurg” yana soʻnggi soniyalar “qurboni” boʻldi. Ilk turda Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda gʻalaba qoʻldan boy berilib, durang bilan kifoyalangan bekobodliklar 3-turni chempionlikka asosiy da'vogar “Neftchi” maydonida oʻtkazib, oʻyinga mos adolatli durangdan ayrildi...

 

Superligada yuz foizlik natija koʻrsatib peshqadamlik qilayotgan “Neftchi”ga qarshi uchrashuv arafasida Vesko Steshevich kutilmagan yoʻqotishlarga duch keldi. “Soʻgʻdiyona” bilan uchrashuvning soʻnggi soniyalarida markaziy himoyachi Rizo Yazdandoʻst ikkinchi qavatdagi toʻqnashuv oqibatida “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan jarohat oldi. Fargʻonaga tashrifning ertasi kuni tayanch yarim himoyachi Sirojiddin Qoʻziev betobligi sabab maydonga tusha olmasligi ma'lum boʻldi. Shusiz ham murabbiylar shtabini jamoa sardori Zabixillo Oʻrinboev va iste'dodli hujumchi Shahzodjon Ne'matjonovning davolanish jarayoni choʻzilib ketganligi qiynab kelayotgan bir paytda bu tashvishlar ortiqchalik qildi...

 

Chernogoriyalik mutaxassisga qoyil qolish kerak, u mazkur muammolar girdobidan chiqib ketishning yoʻlini topdi. “Neftchi”ga qarshi saf tortgan yigitlar peshqadamga munosib qarshilik koʻrsatdi. Ayrim jabhalarda hatto ustunlik ham qilishdi. Xudoyshukur Sattorov Qoʻzievning yoʻqligini bildirmadi. Raqibning oʻyinini “buzish” borasida jamoamizning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi, ham deyishimiz mumkin. Abbos Otaxonov Yazdandoʻst oʻrnida ishonchli harakat qildi. Jamoa sardori Akmal Ortiqov ham oʻz “postida” bexato harakat qildi. Ajoyib seylvri bilan himoya qoʻrgʻoniga ishonch baxshida etib turdi. Afsuski, yana omadsizlik “Metallurg”ga pand berdi. Qarshi hujumlarda yaratilgan vaziyatlardan yigitlarimiz afsuski foydalana olishmadi. “Neftchi” esa oʻyin oxirida gʻalabani ilib ketdi.

 

Gol kiritilishidan oldin “Metallurg” hujumga oʻtdi. Shahzodbek Ubaydullaevni maydonning ikkinchi qismida “Neftchi” himoyachisi ochiqchasiga yiqitdi. Aks holda Shahzodbek raqib darvozaboni bilan yakkama yakka chiqib borishi mumkin edi. Bu holatni “oxirgi umid” sifatida talqin etib, mezbonlar oʻyinchisini maydondan chetlatish u yoqda tursin, uchrashuvni boshqarib borgan Gʻayrat Joʻraev hatto “sariq” ham koʻrsatmadi. Biroz oʻtib maydonda bekobodliklar maydonda jarohatlangan oʻyinchiga tibbiy yordam koʻrsatilishini ta'minlash maqsadida toʻpni ataylab maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. “Vaqtni qizgʻongan” “Neftchi” esa feyr-pleyni unutib “Metallurg” darvozasi tomon intildi. Abbos Otaxonovga bu hujumni qoʻpollik bilan toʻxtatib qolishdan boshqa chora qolmadi. Oqibatda aynan shu standart “Metallurg” darvozasiga toʻp kiritilishi bilan yakunlandi...

 

“Metallurg” navbatdagi tur uchrashuvini kichik tanaffusdan soʻng yana safarda oʻtkazadi. Jamoamiz Jizzaxda “Dinamo” mehmoni boʻladi.

 

Superliga. 3-tur

"Neftchi" — "Metallurg" – 1:0. Fargʻona. 15.03.2024 yil. “Istiqlol” stadioni. 9251 tomoshabin.

 Gol: Katelin Karp (89)

Superliga: musobaqa jadvali
N Jamoalar O'yin Ochko
1 Andijon 6 11
2 Nasaf 5 11
3 So’g’diyona 6 11
4 Neftchi 5 10
5 Navbahor 5 9
6 OKMK 6 8
7 Qizilqum 6 8
8 Lokomotiv 6 8
9 Paxtakor 5 7
10 Surxon 6 7
11 Olimpik 4 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 5 2
14 Bunyodkor 6 2
scripts