Batafsil ko'rish

“Metallurg” so‘nggi daqiqalar “qurboni”...

Time: 2024-03-29 00:41:40

G‘alabaga loyiq edik... Ammo bu safar ham omad qushini ushlab qololmadik. “Metallurg” 2024 yilgi mavsumda “so‘nggi daqiqqalar qurboni”ga aylanmoqda. “Lokomotiv” bilan 86-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol evaziga g‘alabani qo‘ldan boy berib, durang bilan kifoyalangan bo‘lsak, “Neftchi” va “Dinamo”ga qarshi o‘yinlarda alamli mag‘lubiyatga uchradik.
4-turda Jizzaxda “Dinamo” mehmoni bo‘lgan “Metallurg” g‘alabaga yaqin edi. Birinchi taymda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan yigitlarimiz Sardor Abduraimovning goli evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Shahzodbek Ubaydullayevning jarimadan tepgan to‘pini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Ammo to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Sardor Abduraimov uni boshi bilan urib, darvoza to‘riga joyladi – 0:1.
Afsuski, bu “Metallurg”ning mazkur uchrashuvdagi birinchi va oxirgi muvaffaqiyati ekan. Birinchi taymda va ikkinchi taymning 15-daqiqasi mobaynida ko‘plab vaziyatlar yaratgan, o‘nlab standartlarga ega bo‘lgan bekobodliklar hujumni yakunlashda oqsadi. Bu esa “Dinamo”ga qo‘l keldi. 71-daqiqada samarqandliklar penaltidan hisobni tenglashtirishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan kompensatsiya vaqtida g‘alabani ilib ketishdi – 2:1.

O‘zbekiston Superligasi
4-tur, 28 mart
"Dinamo" – "Metallurg" 2:1
Gol: 
Sardor Abduraimov 27, Anvar Xojimirzayev (penalti) 72, Hislat Halilov (Sanjar Shoahmedov, 90+2)

Superliga: musobaqa jadvali
N Jamoalar O'yin Ochko
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Nasaf 4 8
4 Lokomotiv 5 8
5 OKMK 5 8
6 So’g’diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Dinamo 5 4
12 Surxon 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2
scripts