Batafsil ko'rish

“Metallurg” plef-off yo‘llanmasini rasmiylashtirdi

Time: 2024-04-22 05:50:26

O‘zbekiston kubogining G guruhida dastlabki ikki uchrashuvni quyi divizion vakillariga qarshi o‘tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. Vseko Steshevich shogirdlari bugun 2-turni poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida Toshkentning “Do‘stlik” jamoasiga qarshi o‘tkazib, ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozonishdi – 2:0.

 

“Do‘stlik”ning 1-turda Farg‘onada “Neftchi”ga minimal hisobda imkoniyatni boy berishi o‘yindan oldin “Metallurg” murabbiylarini biroz xavotirga solgandi. Shu boisdan ham boshlang‘ich tarkibda katta eksperementlarga yo‘l qo‘yilmadi. Bu esa jamoalar mahorati borasidagi tafovutni saqlab qoldi. Garcha “Do‘stlik” mezbon maqomini qo‘lga olishga urinib ko‘rgan bo‘lsa-da, bekobodliklar xotirjam to‘p nazorati hamda tashabbusni raqibga berib qo‘ymadi. Gollar esa chiroyli hujumlar samarasi bo‘ldi. Birinchi taymda Marko Milichkovichning kuchli zarbasini “Do‘stlik” posboni qaytarishga erishdi. Biroq to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Boban Jorjevich ortiqcha qiyinchiliksiz hisobni ochdi – 0:1. Ikkinchi taymda esa Marko Milichkovichning ajoyib to‘p uzatishidan Shahzodbek G‘ofurbekov unumli foydalandi. U raqib darvozaboni qarshisida yolg‘iz qoldi va olis burchakni aniq nishonga oldi – 0:2.

Hisob bundanda yirikroq ko‘rinish olishi ham mumkin edi. Biroq “Do‘stlik”ning posboni bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Endi guruhimizdagi 3-tur bahsi – “Neftchi” – “Metallurg” to‘qnashuvi guruh g‘olibining nomini aniqlab beradi. Uchrashuv 26 aprel sanasida Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Superliga: musobaqa jadvali
N Jamoalar O'yin Ochko
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Nasaf 4 8
4 Lokomotiv 5 8
5 OKMK 5 8
6 So’g’diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Dinamo 5 4
12 Surxon 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2
scripts